Kataloniyaning "Barselona" klubi prezidentligiga nomzod Joan Laporta Krishtianu Ronaldu bilan shartnoma imzolashga yaqin kelganini aytib berdi.
“Ronaldino va Rafael Markeslar bilan shartnoma tuzishni rejalashtirgandik. Keyin bizga o'sha vaqt “Sporting”da o'yonayotgan Krishtianu Ronalduni taklif qilishdi. Ronalduning vakillaridan biri ularda "Manchester Yunayted"ga 19 million evro evaziga sotilayotgan futbolchi borligini aytdi, ammo o'sha paytda bizga Ronalduni 17 million evroga berishi mumkin edi.
Ammo, o'sha payt Ronaldinoning transferini deyarli hal qilib bo'lgan edik. Krishtianu esa markazdan ko'ra, ko'proq qanotda o'ynardi. Bizga esa qanotlarda barchasi ko'ngildagidekka o'xshadi va shu sababli biz Ronalduning transferiga rad javob berdik. Bundan umuman afsuslanmayman”, - dedi "Barselona"ning sobiq prezidenti.
13-Yanvar 2021,20:20
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0