
Taniqli ispaniyalik sobiq futbolchi va murabbiy Xaver Klemente "Barselona"ning 18 yoshli yulduzi Lamin Yamal haqida gapirdi.
"Ko'k-anorranglilar"ning yosh vingeri hayot tarzi uchun tobora ko'proq tanqid qilinmoqda.
"Yamal maydondan tashqarida o'zini to'g'ri tutmasa, futbolda uzoq qololmaydi. Hozir u ajoyib o'ynamoqda, lekin muammo shundaki, noto'g'ri turmush tarzi bilan uzoqqa borib bo'lmaydi - hammasi tezda tugashi mumkin.
Lamin maydonda aql bovar qilmaydigan narsalarni ko'rsatmoqda, ammo raqiblar uni allaqachon o'rganib chiqishgan - ular unga qanday qarshilik ko'rsatishni bilishadi, shuning uchun tobora qiyinroq bo'lib boradi", - deya Klementening so'zlarini keltiradi Cadena SER.
Yamal joriy mavsum "Barselona" safida 11 ta o'yinda 6 ta gol va golli uzatmaga mualliflik qilgan.
O'qildi: 66108 - Fikirlar: 0





221