"Barselona chorshanba oqshomida Ispaniya superkubogi yarim final bosqichida "Real Sosedad" ustidan penaltilar seriyasida g'alabaga erishdi. Riki Puch kataloniyaliklarning 5-zarbasini aniq amalga oshirdi. Qo'shimcha taymlargacha davom etgan uchrashuvda 1:1 hisobi qayd etildi. Shundan so'ng uchrashuv g'olibi 11 metrlik zarbalar orqali aniqlandi. Yosh futbolchi jamoasining 3:2 hisobida g'alaba qozonib, Ispaniya kubogi finaliga yo'l olishida o'zining munosib hissasini qo'shdi.«Mening ro'yxatimda 4 futbolchi bor edi, so'nggi zarbani kim amalga oshiradi deb so'raganimda Riki men deb javob berdi va o'z ishini yaxshi bajardi», deb fikr bildirdi Kuman."Ajoyib uchrashuv guvohiga aylandik va har ikki jamoa futbolchilari oxirigacha kurashishdi. Barchada bir xil imkoniyat bo'ldi. Biz kuchli jamoaga qarshi o'ynadik. To'g'ri, biz penaltilar seriyasigacha etib keldik, lekin o'yinning dastlabki daqiqalarida raqibning yuqori pressingiga duch keldik. 15-20 daqiqalardan keyin hammasi joyiga tushdi", — deya o'z fikrlariga qo'shimcha qilib o'tdi uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida "Barselona" bosh murabbiyi Ronald Kuman.
14-Yanvar 2021,12:00