«Blaugranas» rahbariyati va murabbiylar shtabi Junior Firponi sotishga tayyor, chunki futbolchi so'nggi paytlarda o'yin amaliyotiga deyarli ega bo'lmayapti. Futbolchining o'zi ham vaziyatni o'zgartirishga va o'z faoliyatini qayta boshlashga qarshi emas.
Manbaning xabariga ko'ra, «rossionerilar» Firponi himoyachi Teo Ernandesning o'rinbosari sifatida, shu mavsum oxiriga qadar uni ijaraga olish imkoniyatlarini ko'rib chiqmoqdalar.
«Milan»dan farqli o'laroq, «Vest Hem» Transfermarkt portali tomindan 10 million evroga baholanayotgan Firpoga asosiy tarkib o'yinchisi sifatida qaramoqda.
Ma'lumot uchun, 24 yoshli himoyachi joriy mavsum barcha musobaqalarda 9 o'yin o'tkazib, bitta golli uzatma amalga oshirdi.
Qayd etish joiz, ispaniyalik futbolchining «Barselona» bilan shartnomasi 2024 yil, 30 iyun sanasigacha amal qiladi.
19-Yanvar 2021,23:20