Huquqiy jihatdan Kataloniyaning «Barselona» klubiga tegishli bo'lgan, ayni paytda faoliyatini «Betis» jamoasida ijara asosida o'tkazayotgan himoyachi Emerson faoliyatini Frantsiyada davom ettirishi mumkin.
22 yoshli braziliyalik futbolchiga «PSJ» klubi qiziqish bildirayotgani haqida Diario Sport xabar bermoqda. Parijliklar sport direktori Leonardo Emersonning transferi uchun «PSJ» 25 million evro sarf qilishga tayyor ekanligini bildirdi.
Biroq, agar ushbu bitim amalga oshadigan bo'lsa, u holda «Barselona» ushbu transfer mablag'iga to'liq egalik qila olmaydi, chunki, «Betis» bilan kelishuvga ko'ra, transferdan tushadigan mablag'ning yarmini aynan "Betich" klubi oladi.
«Barselona» Emersonni o'tgan yilning yanvar oyida 12 million evroga sotib olgan. Biroq, braziliyalik himoyachi "Barselona" tarkibida bir marta ham maydonga tushmadi.
19-Yanvar 2021,02:40
O'qildi: 55 - Fikirlar: 0