UEFA rasmiy sayti 2020 yil yakunlari bo'yicha ramziy terma jamoani e'lon qildi.Eng yaxshi futbolchilardan iborat ramziy jamoadan «Bavariya»ning besh nafar o'yinchisi o'rin oldi. Robert Levandovski hujumning eng oldiga qismiga joylashtirilgan bo'lsa, "Barselona" sardori Lionel Messi, "Yuventus" forvardi Krishtianu Ronaldu va "PSJ" hujumchisi Neymar hujum ortiga joylashtirildi. UEFA versiyasi bo'yicha 2020 yil ramziy jamoasi:Darvozabon: Manuel Noyer («Bavariya») Himoyachilar: Yozua Kimmix («Bavariya»), Serxio Ramos («Real»), Virjil van Deyk («Liverpul»), Alfonso Devis («Bavariya»)Yarim himoyachilar: Tyago Alkantara («Bavariya»/«Liverpul»), Kevin De Bryoyne («Manchester Siti»), Lionel Messi («Barselona»), Krishtianu Ronaldu («Yuventus»), Neymar («Pari Sen-Jermen»)Hujumchi: Robert Levandovski («Bavariya»).
20-Yanvar 2021,17:30