«Atletiko» La Liga 20-turidan o'rin olgan 24 yanvar kungi bahsda «Valensiya»ni mag'lubiyatga uchratdi (3:1).Bu madridliklar uchun bosh murabbiy Diego Simeone qo'l ostidagi 213-g'alaba bo'ldi. Bu borada argentinalik mutaxassis «Barselona» sobiq ustozi Ernesto Valverde bilan tenglashib olgan holda, La Liga tarixida eng ko'p g'alaba qayd etgan murabbiylar top-5 ligidan o'rin oldi.La Ligada Ferdinand Dauchik (234 g'alaba, «Barselona», «Atletiko»), Xaver Irureta (259, «Deportivo», «Selta»), Migel Munyos (323, «Real», «Sevilya») va Luis Aragones (344, «Atletiko», «Barselona») Simeonedan ko'proq g'alaba qayd etgan.Qayd etish kerak, Simeone g'alabalar foiz ko'rsatkichi bo'yicha mazkur murabbiylarni sezilarli daraja ortda qoldirmoqda. U 62% o'yinda g'alaba qozongan. Munyos – 53%, Dauchik va Valverde – 48%, Aragones – 45%, Irureta – 42%.«Atletiko» 47 ochko bilan yakka peshqadam bo'lib turibdi va eng yaqin ta'qibchi «Real»ni 7 ochkoga ortda qoldirmoqda, bundan tashqari «matraschilar» bitta zaxira o'yiniga ega.
28-Yanvar 2021,12:30
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0