«Atletiko» hujumchisi Luis Suares 21-tur doirasida «Kadis» jamoasiga qarshi bo'lib o'tgan o'yinda ikkita gol kiritdi va ularning biri jarimadan kiritildi.
«Men uzoq vaqt «Barselona»da Messi bilan birga o'ynadim, shu sababli, jarima zarbalarini amalga oshirmasdim. Lekin, «Liverpul» va Urugvay terma jamoasi safida shu tariqa bir nechta gollar kiritganman.
Endi shunday zarbalarni berishga harakat qilib ko'raman, bu borada mashg'ulotlarda deyarli har kuni o'zimni sinab ko'ryapman.
Qachonki hujumchi yaxshi sport formasida bo'lsa, u holda yaratilgan imkoniyatlardan foydalanish kerak. Men o'z harakatlarim bilan jamoaga yordam berishga harakat qilaman.
«Kadis» bilan bo'ladigan o'yin oson bo'lmasligini bilardik. Ular Negredodek mahoratli o'yinchiga ega ekanligini hisobga olgan holda, uzun to'p uzatishlar orqali o'ynashlarini bilardik. Biz ularga halaqit qilishga harakat qildik, lekin bu oson bo'lmadi.
«Atletiko» yaxshi ishlamoqda, o'z maqsadimizga etishish uchun bizda juda yuqori xohish bor», – dedi Suares.
31-Yanvar 2021,01:20
O'qildi: 49 - Fikirlar: 0