"Bu ishning bir qismi. Men "Barselona"ni qabul qilib olganimda, bizning o'z tushunchalarimiz bor edi, shundan so'ng biz qaror chiqardik.
Shunday qarorlar qabul qilish kerak. Agar hammasi yaxshi ketsa - ajoyib, ammo o'xshamasa, bu mening yo'lim bo'lishi kerak va bu eng asosiysi.
Albatta, Luis Suares "Atletiko"ning o'rniga "Yuventus" bilan shartnoma imzolashi yaxshi bo'lar edi, sababi u hali ham La Ligada o'ynamoqda. Ammo biz o'yinchiga hurmat ko'rsatib bunday og'ir qarorni qabul qilishimiz kerak edi. Men bu narsa muhim deb o'ylayman.
Men hali ham o'zimizning oldingi qarorimizni qo'llab-quvvatlayman", - deydi Kuman.
Eslatib o'tamiz, etakchi "Atletiko" ikkinchi o'rindagi "Barsa"dan 10 ochko ilgarib ketgan, bundan tashqari madridliklarda bitta zaxira o'yini bor. Luis Suares esa 14ta gol urgan holda to'purarlar jadvalini boshqarmoqda.
2-Fevral 2021,16:30