«Barselona» himoyachisi Jerar Pike o'yinchilarning klubga ta'siri borasida o'z fikrini bildirib o'tdi. «Rahbariyat bizdan nimadir haqida so'ragan bo'lsa, o'yinchi klubda faqat o'sha narsani hal qilishda ta'sir ko'rsatgan bo'lishi mumkin. O'yinchilar faqatgina futbol o'ynash uchun kerak. Ular qaror qabul qilishda qanchalik kam ishtirok etishsa, shunchalik yaxshi bo'ladi. Suaresning jamoadan ketishi — mening aybim emas. Uni qo'yib yuborgan odamdan so'rash kerak.O'yinchilar klubni boshqarishmaydi. Bunga ishonchim komil. Ular o'z fikrlarini aytishi mumkin. Shuning asosida u yoki bu qaror qabul qilinishi mumkin. Jamoa prezidenti yoki direktorlar kengashi kuchli bo'lsa, ular nimani istayotganini yaxshi bilishsa, o'yinchi hech narsa qila olmaydi. Misol uchun – Serxio Ramos va uning shartnomasi bilan bog'liq vaziyat. Prezident kuchli bo'lsa, u yoki bu qarorni o'zi qabul qiladi hamda o'yinchiga imkoniyat qoldirmaydi», – dedi Pike.
5-Fevral 2021,10:10