«Granada» hujumchisi Roberto Soldado Ispaniya kubogining chorak final bosqichi doirasida «Barselona»ga qarshi o'yinda raqib jamoa bosh murabbiyi Ronald Kumanning xatti-harakatlaridan norozi bo'ldi. Eslatib o'tamiz, mazkur o'yinning asosiy vaqti 2:2 hisobida yakunlangan bo'lsa, qo'shimcha bo'limlardan so'ng hisob "Barsa" foydasiga 5:3 ko'rinishga keldi.Qo'shimcha bo'limlarda "ko'k-anorranglilar" urgan 2ta goldan keyin Kumanning xursandchilik qilishi Soldadoga yoqmadi. «U ahmoq, u ovsar», – dedi Soldado Kumanga qarata. «Sen masharabozsan, senga kamtarlik etishmayapti», – qo'shimcha qildi u.Ikki jamoa zaxira o'rindig'idagilar o'rtasida butun o'yin davomida keskinlik yuzaga keldi. Bosh hakam har ikki klub vakillaridan bir nafarini maydondan chetlatdi.
5-Fevral 2021,10:30
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0