Ispaniya sport vaziri Xose Manuel Rodriges Uribes «Barselona» hujumchisi Lionel Messining maoshi borasida o'z fikrini bildirib o'tdi.Avvalroq Ispaniyaning "El Mundo" nashri argentinalik futbolchining "Barsa"dagi 4 yillik maoshi 555 237 619 evroga teng bo'lgani haqida ma'lumot tarqatgandi.«Ushbu cheksiz summalar haqiqatan shunchaki shokka tushiradi. Futbolda maoshlarni kamaytirish kerak. Ayniqsa, inqiroz hamda insonlar qiyin pallani boshidan kechirayotganini inobatga olganda bu narsa sezilarli bo'lib qoldi.Jamiyatda olimlar ham futbolchilar kabi ko'p maosh olishi kerakligi haqida o'ylashimiz kerak. Ammo bu haddan tashqari katta raqamlar va rostdan ham shokka tushiradi.Maoshlarni kamaytirish menga bog'liq emas. Biz kapital, ochiq va bozor iqtisodiyoti zamonida yashayapmiz. Ammo ma'naviy jihatdan...» – dedi Uribes "TeleMadrid"ga bergan intervyusida.
6-Fevral 2021,14:00
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0