«Oltin to'p». Barcha da'vogarlar ma'lum bo'ldi. Modrich va Neymar ro'yxatga kiritilmadi

"France Football" jurnali 2019 yilgi «Oltin to'p» sovriniga da'vogarlik qiladigan barcha 30 nafar nomzodning ro'yxatini e'lon qildi. Ular bilan tanishtirib o'tamiz.
Dastlabki beshlikdanSado Mane («Liverpul»), Serxio Aguero («Manchester Siti»), Frenki de Yong («Barselona»), Ugo Loris («Tottenxem») va Dushan Tadich («Ayaks») o'rin olishdi.
Ikkinchi beshlikkaesa Kilian Mbappe («PSJ»), Trent Aleksander-Arnold («Liverpul»), Donni van de Bek («Ayaks»), Per-Emerik Obameyang («Arsenal») va Mark-Andre ter Stegen («Barselona») kiritildi.
Uchinchi beshlikKrishtianu Ronaldu («Yuventus»), Alisson («Liverpul»), Matteys de Ligt («Yuventus»), Karim Benzema («Real») va Jorjino Veynaldum («Liverpul»)dan iborat bo'ldi.
To'rtinchi beshlikdanquyidagi futbolchilar o'rin olishdi: Virjil van Deyk (Liverpul), Bernardu Silva (Manchester Siti), Son Xyon Min (Tottenxem), Robert Levandovski (Bavariya) va Roberto Firmino (Liverpul).
Beshinchi beshlikdanLionel Messi ("Barselona"), Riyod Mahrez, Kevin de Bryuyne (ikkisi – Manchester Siti), Kalidu Kulibali (Napoli), Antuan Grizmann ("Barselona") o'rin olishdi.
Oltin beshlikdaesa Muhammad Saloh ("Liverpul"), Eden Azar ("Chelsi"), Markinos ("PSJ"), Rahim Sterling ("Manchester Siti"), Joau Felish ("Benfika/Atletiko")ning nomlari e'lon qildi.
Shu tariqa, o'tgan yilgi "Oltin to'p" sohibi Luka Modrich bu safar da'vogarlar safidan o'rin olmadi. Shuningdek, Neymar ham bu ro'yxatdan o'rin olmadi.
"Oltin to'p" topshirish marosimi 2 dekabr kuni Parijdagi Shatle teatrida bo'lib o'tadi. Shuningdek, o'sha kuni ayol futbolchiga ham "Oltin to'p", 21 yoshdan kichik eng yaxshi futbolchi va eng yaxshi darvozabon uchun Lev Yashin nomidagi sovrin o'z egalariga taqdim etiladi.
O'xshash yangiliklar
Izoh qoldirish
Xabarlar (4)


otin butsa 6 ta buldi xudo xoxlasa endi oltin top ham 6 ta buladi
Javob
Bo'limlar
Muloqot (297/+0)
Yangiliklar (32250/+15)
UzFIFA Yangiliklari (07.04.2025)
Futbol TV Yangiliklari (07.04.2025)
ONLINE TV (47) LIVE
Futbolchilar haqida (22)
Futbolchilar rasmlari (601)new
Hafta faollarii TOP-30
La-Liga to'purarlar TOP-30
Foydalanuvchilar (1745)
Eng ko'p o'qilgan
4-Aprel
17:10
09:00
16:50
"Real" futbolchilari: "Barsa" bilan o'yinda 60-daqiqagacha chidasak bo'ldi!
O'qildi: 124 - Fikirlar: 0
O'qildi: 124 - Fikirlar: 0
FC BARCELONA O'YINLARI
Futbolchilar hayotidan (Instagram)