«Barselona» bosh murabbiyi Ronald Kuman Ispaniya chemponatining 23-turi doirasida bo'lib o'tgan «Alaves»ga qarshi o'yin (5:1) borasida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.«Jamoaning jonbozligi menga yoqdi. Birinchi bo'limda u qadar yaxshi o'ynay olmadik, ammo o'yinni nazorat qildik. Jamoaning keyingi o'yini meni quvontirdi.Bir qancha o'yinchilarga dam olish imkoniyatini berishga muvaffaq bo'ldik. Trinkau qanotda yaxshi o'ynadi, lekin raqib bo'sh hududlarni yaxshi yopdi. Riki Puch ko'p jihatdan o'sishga erishyapti. Uning o'ziga bo'lgan ishonchi yuqori bo'lgan. U bugun juda yaxshi o'yin o'tkazdi. Moriba bilan esa men gaplashaman. Uzatmalarni ko'ndalangiga berish kerak emas. Lekin u hali yosh, bu xato unga saboq bo'ladi.Jamoa yaxshi formada va o'ziga ishongan. «PSJ»ga qarshi bahs biz uchun qulay bo'lgan davrda bo'lib o'tadi. Bu teng raqiblarning o'zaro to'qnashuvi bo'ladi», – dedi Kuman.
14-Fevral 2021,08:30