Kecha UEFA Chempionlar Ligasi pley-off uchrashuvlari doirasida "Barselona" o'z maydonida «PSJ» jamoasini qabul qildi va yirik 1:4 hisobida mag'lub bo'ldi. Ushbu bahsda parijliklar hujumchisi Kilian Mbappe Shevchenkodan keyin "Kamp Nou"da xet-trik qayd etgan ilk futbolchiga aylandi. Garchi, uchrashuvda "Barselona" hisobni ochgan bo'lsa-da, bir necha daqiqalardan so'ng, Parij jamoasi hisobni tenglashtirdi. Umuman olganda, o'yin ikkkinchi bo'lim o'rtalarigacha tengma-teng kurashlar ostida kechdi, ammo keyin kataloniyaliklar o'yinida pasayish bo'ldi. Shu holatdan foydalanib ketgan «PSJ» jamoasi "Barsa"ni "Kamp Nou"da 4:1 hisobida tiz cho'ktirib ketishdi. Natijada esa, Kuman jamoasi uchun, "Stad de Frans" o'yingohidagi javob uchrashuvida umidsiz holatda maydonga tushishiga olib keladi. Birinchi bo'lim haqida biroz ma'lumot beramiz: Kurzavaning qo'polligidan keyin Messi penaltini aniq amalga oshirdi va Mbappe bir necha daqiqadan so'ng, "Barsa" jarima maydonchasida qarshisidagi Lengleni bir fint orqali orta qoldirib hisobni tenglashtirdi. 65-daqiqagacha jamoalar qarama-qarshi darvozalar tomoniga hujum qilishda davom ettirishdi: Kurzavaning zarbasini Ter Shtegen qaytargan bo'lsa, Grizmanning tepgan to'pi darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi. Bir nechta vaziyatlar yaratgan «PSJ» futbolchilari ham, "Barselona" futbolchilari ham o'zlari yaratgan imkoniyatlardan foydalana olmadi. «PSJ»ning ikkinchi goli: qarshi hujumga o'tib ketgan parijliklar, qatot bo'ylab hujum uyushtiradi. Florentsi jarima maydonchasiga oshirib bergan to'pni Pike orqaga qaytarib yuboradi. To'p esa Mbappega kelib tushadi va u kuchli zarba bilan Ter Shtegen darvozasiga ikkinchi to'pni kiritadi. Uchinchi gol: Bu golda haqiqatdan ham, "Barsa" himoyachilari o'ta passiv harakat qilishdi. Parades tomonidan uzatib berilgan jarimasini, Moyze Kin bamaylixotir bosh bilan zarba berdi va hisobni 1:3 ko'rinishiga keltirib qo'ydi. To'rtinchi gol: «PSJ» ushbu bahsda 2ta to'pni qarshi hujum asosida kiritdi. Aynan 3-golni ham shular qatoriga qo'shish mumkin. "Barsa"ning 3 himoyachisiga qarshi, «PSJ»ning 3 futbolchisi hujumga o'tadi. "Ko'k-anorranglilar" jarima maydonchasi yaqinida Draksler to'pni ochiq turgan Mbappega uzatadi, u esa to'pni darvozabon ustidan oshirib darvozaga 4-golni kiritdi.Bu shunchaki taqqoslash uchun: kecha "Barsa" forvardi Leo uchrashuvdagi hisobni penalti orqali ochgan bo'lsa ham, Messi darvozaga o'yinda bitta ham zarba yo'llamagan. Biz "Barsa"ning himoyasini tanqid qilishdan yiroqmiz, chunki Pike noyabrdan beri ilk marta maydonga tushgan bo'lsa, Lengle esa butun mavsumni omadsiz tarzda o'tkazmoqda. Keling, ushbu o'yinda kataloniyaliklar himoyasi yomon o'yin ko'rsatdi emas, balki Mbappe aql bovar o'yin ko'rsatgan deb hisoblaylik va bu unga loyiqdir. Kilian bergan 6 ta zarbadan, 4 martasi aniq nishonga borib tekkan bo'lsa, 4 bora o'ziga-o'zi imkoniyat yaratgan va haqli ravishda uchrashuvning eng yaxshi o'yinchisiga aylandi. Ammo biz yuqoridagi holatlarni barchasini jonli ravishda ko'rdik, endi esa bir nechta raqamlar haqida to'xtalsak. Mbappe Andriy Shevchenkodan keyin "Barsa" darvozasiga "Kamp Nou"da uchta gol urgan birinchi futbolchiga aylandi. Shevaning 1997-yil Kievning "Dinamo" jamoasida to'p tepib yurgan paytida afsonaviy xet-trikni amalga oshirgan, u paytda hali Mbappe tug'ilmagan ham edi. Aytgancha, oktyabr oyida Mbappe va Shevchenko Frantsiya va Ukraina terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuvdan so'ng, uchrashishgan edi. Mbappe o'z ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifasiga birga tushgan rasmni yuklab, "Afsonaga katta ehtirom" degan mazmundagi postni joylashtirgan edi.
Mbappe Chempionlar Ligasi yoki Evropa kubogining pley-off bosqichlari doirasidagi uchrashuvlarda "Kamp Nou"da "Barselona" darvozasiga 2 va undan ko'p gol urgan ikkinchi futbolchi. Buni birinchi bo'lib "Real Madrid"ning afsonaviy hujumchisi Ferents Pushkash bundan 60 yil oldin, yarim final bosqichida amalga oshirgan. Ukrainalik Shevchenko esa hujumchi uchta golni guruh bosqichida "Barselona" darvozasiga kiritgan. Mbappe EChLda hozirgacha 41 marta maydonga tushib, 40 ta golda qatnashgan, 24 bora raqiblar posponini xafa qilgan, 16 ta golli pas berishga erishgan. Eslatib o'tamiz: U hali 22 yoshda. Mbappe «PSJ» to'purarlari ro'yxatida Pedro Pauletadan (109) o'tib ketdi. U kechagi xet-trikdan so'ng, parijliklar libosidagi 111-golini kiritdi. Undan oldinda Zlatan (156) va Kavani (200) bor. Agar Kilian Parijda yana ikki-uch yil o'ynasa, albatta, u birinchi o'ringa chiqadi.Kilianning Chempionlar Ligasi pley-off bosqichida kiritgan gollari 10taga etdi. Frantsiyalik futbolchilar orasida, bu bosqichda gol kiritish bo'yicha uchinchi o'ringa chiqib oldi. Kechagi gollaridan so'ng, afsonaviy Zidanni (8) ortda qoldirdi. Yaqin kunlarda Anridan (12) ham o'tib ketishi tayin. Birinchi o'rindan esa "Real" hujumchisi Karim Benzema joy olgan. Uning hisobidagi pley-off bosqichida urgan gollari soni 18ta.
«Biz g'alaba qozonish uchun keldik va buni uddaladik. Unutilmas oqshom, ammo biz hali hech narsani yutmadik, - dedi Mbappe o'yindan keyin. - Xuddi shu ruhda davom etishimiz lozim. Murabbiyimiz juda ajoyib inson. U o'tgan mavsum bizni finalga boshlagan Tuxelning ishini davom ettirmoqda. Biz hali eng yuqori cho'qqida emasmiz, garchi bugun juda yaxshi o'yin o'tkazgan bo'lsak-da". Jamshidjon Mahmudov tayyorladi.
17-Fevral 2021,11:20
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0