«Barselona» bosh murabbiyi Ronald Kuman klubning sobiq prezidenti Xosep Bartomeu atrofidagi vaziyat haqida gapirdi. Murabbiy uni hibsga olinishiga izoh berib, bu holat klubga salbiy ta'sir ko'rsatishini ham aytdi.
«Bu klub imidji uchun yomon. Biz kutishimiz va nima bo'lishini kuzatishimiz kerak. Men o'sha paytda klubda bo'lmagan edim. Uning hibsga olinganlgini eshitib xayron bo'ldim. Avvalroq, faqat, klubning sobiq bosh direktori Oskar Grau hibsda ekanligini bilardim. Biz bunday vaziyatda ilojsizmiz. Bartomeu har doim o'zgacha shaxs bo'lib qoladi», - deya ta'kidlaydi Kuman.
Eslatib o'tamiz, politsiya «Barselona»ning ofislarida tintuvlar o'tkazgan va shundan so'ng ular klubning sobiq prezidenti Xosep Bartomeu va ikkita direktorni hibsga olishgan. Bir kun o'tgach, Bartomeu garov evaziga ozod qilingan bo'lsada, ish ochiq qolmoqda.
2-Mart 2021,23:40
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0