Goal portali jahonning kelajagi porloq 50 nafar futbolchilari reytingini tuzib chiqdi. Undan 2002 yilning 1 yanvaridan keyin tug'ilgan o'yinchilar o'rin olishdi.Reytingning eng yuqori pog'onasini «Barselona» va Ispaniya terma jamoasi hujumchisi Ansuman Fati egalladi. Ikkinchi o'rinni "Renn" himoyachisi Eduardo Kamavinga band etgan bo'lsa, Dortmundning "Borussiya" klubi a'zosi Jovanni Reyna kuchli uchlikka kirdi.Goal versiyasi bo'yicha jahonning kelajagi porloq top-10 futbolchilari:1. Ansu Fati (Ispaniya, «Barselona»);2. Eduardo Kamavinga (Frantsiya, «Renn»);3. Jovanni Reyna (AQSh, «Borussiya» Dortmund);4. Pedri (Ispaniya, «Barselona»);5. Jud Bellingem (Angliya, «Borussiya» Dortmund);6. Florian Virts (Germaniya, «Bayer»);7. Rayan Gravenberx (Niderlandiya, «Ayaks»);8. Jamol Musiala (Germaniya, «Bavariya»);9. Muhammad Ixattaren (Niderlandiya, PSV);10. Reyner (Braziliya, «Real», «Borussiya Dortmund»da ijarada o'ynamoqda).
23-Mart 2021,22:40