"Barselona" bosh murabbiyi Ronald Kuman joriy mavsumda qanday natija ko'rsatishidan qat'i nazar kelasi mavsumda ham jamoani boshqarishda davom etadi. "Marca" tarqatgan xabarga ko'ra, klub prezidenti Joan Laporta kecha niderlandiyalik mutaxassis bilan uchrashuv o'tkazgan. Uchrashuv yakuniga ko'ra, Kuman keyingi mavsumda ham "Barsa"ni boshqarishda davom etishi borasida qaror qabul qilingan.Ma'lumotlarga qaraganda, uchrashuvda klub sport direktori Mateu Alemani va texnik direktori Ramon Planes ham ishtirok etishgan."Ko'k-anorranglilar" La liganing 28-turidan so'ng jadvalda 2-o'rinda borishmoqda. Jamoa peshqadam "Atletiko"dan 4 ochko ortda qolmoqda. "Barsa" Chempionlar ligasidan chiqib ketgan bo'lsa, Ispaniya kubogi finali yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
24-Mart 2021,07:20