Madridning "Real" klubi sardori va etakchisi Serxio Ramos "Liverpul"ga qarshi Chempionlar Ligasi chorak finalini, hamda "Barselona"ga qarshi La Ligadagi o'yinni mushak jarohati sabab o'tkazib yuborishi mumkin. Shu sabab himoyachi muxlislariga murojaat qildi.
"Rostini aytsam, o'tgan bir necha hafta juda og'ir o'tdi. Operatsiya har doim sport va hissiy nuqtai nazardan pauza hisoblanadi. Baxtimizga, bir necha kun oldin o'zimni yaxshi his qildim, ammo omadsizlik hayotda ham bo'lgani kabi, futbolda ham muhim rol o'ynaydi.
Ispaniya va Kosovo uchrashuvidan so'ng, men maydonda mashg'ulot o'tkazayotgandim va chap boldirimdagi og'riqni his qildim. Bugun men tekshiruvdan o'tdim, bu mening mushak jarohati olganimni tasdiqladi.
Agar menga biron narsa zarar etsa, bu mavsum oxirrog'idagi muhim uchrashuvlarda jamoaga yordam bera olmasligingni bildiradi. Maydonda menga muhabbat va energiya bergani uchun muxlislarning "pulini to'lay olmasligim" meni xafa qiladi.
Men hech narsa qila olmayman, lekin Chempionlar Ligasi va La Ligadagi muhim uchrashuvlarni o'tkazib yuborishim achinarli deydi", - deb yozgan Ramos Instagram sahifasida
2-Aprel 2021,11:30
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0