«Barcelona» ustozi Ronald Kuman hujumchi Lionel Messi bilan yakuniy shartnoma borasida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Albatta, bu juda muhim savol. Biz Leo imkon qadar klubda qolishi uchun hamma narsani qilamiz. Ammo, hozirgi paytda bizning fikrlarimiz keyingi mavsum bilan band emas. Biz ko'proq ertangi o'yin haqida o'ylashimiz kerak.
Kelajak esa prezidentga va uning odamlariga tegishli. Klub kelajagi haqida gapirish yaxshi, lekin men va futbolchilar yaqindagi o'yinlarga e'tibor qaratishimiz kerak», - deydi niderlandiyalik mutaxassis.
Ushbu yozda argentinalik futbolchining Kataloniya klubi bilan shartnomasi tugaydi. Jamoa sardori bitimni uzaytiradimi yoki jamoani o'zgartiradimi, bu hozircha aniq emas.
Ma'lumot uchun, Messi ushbu mavsum La Liganing 26 uchrashuvda maydonga tushdi. Bu o'yinlarda uning hisobida 23 gol va 8 golli uzatma mavjud.
4-Aprel 2021,21:10