«Barselona» hujumchisi Lionel Messi kelasi mavsumda faoliyatini qaysi jamoada davom ettirishi hamon noaniqligicha qolmoqda. "Marca" nashri tarqatgan xabarga ko'ra, argentinalik futbolchi hali o'z kelajagi borasida bir qarorga kelmadi. Unga «Manchester Siti» va «PSJ» klublari da'vogarlik qilishmoqda.Angliyaliklar Messi bilan shartnoma imzolash istagini bildirishmoqda. Ammo Leo "Barsa"dan ketish niyati borligini ma'lum qilsagina, "Man Siti" unga shartnoma taklif qiladi. «Shaharliklar»ning taxminicha, Messi yana 2-3 yil yuqori saviyada to'p tepishga qodir. Shundan so'ng esa u "City Football Group" xoldingiga qarashli klublardan birida faoliyatini davom ettirishi mumkin.«PSJ»ning Messi borasida rejasi hozircha mavhum. Boisi, parijliklar hali Neymar va Kilian Mbappe bilan yangi shartnoma borasida kelishuvga erishishmadi. Shuning uchun bu borada ustunlik "Siti" tomonida.
6-Aprel 2021,22:50