Ispaniyaning AS nashri VAR tizimi aralashuvi bo'lmaganida La Liga turnir jadvali hozirda qanday ko'rinishga ega bo'lishini ko'rsatdi.Ayni vaqtda 30-turdan keyin «Atletiko» 67 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Keyingi o'rinlarda «Real» (66 ochko) va «Barselona» (65) qayd etilgan.VAR aralashuvisiz ham «Atletiko» 67 ochko bilan peshqadam bo'lib turgan bo'lardi.Biroq VAR qarorlari bo'lmaganda «Barselona» (65 ochko) ikkinchi, «Real» (64) esa uchinchi o'rinda bo'lardi.«Real»ning 3-tur doirasida «Betis»ga qarshi o'yindagi qo'lga kiritgan ikki ochkosi hisobga olinmagan. O'sha bahsda «Real» 82-daqiqada to'p Mark Bartraning qo'liga tegishi natijasida berilgan penalti evaziga 3:2 hisobida yutib ketgandi.O'shanda hakam Rikardo Bengoechea videotakrorlardan keyin 11 metrlik nuqtani ko'rsatgandi.
13-Aprel 2021,20:10
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0