«Barselona» bosh murabbiyi Ronald Kuman Evropa Superligasi haqida fikr bildirdi.
«Hozir barchaning fikri chalkashib ketgan. Odamlar to'g'ri va noto'g'ri ma'lumotlarni farqlay olmayaptilar. Superligasi g'oyasi tanqid qilinyapti, bir qadam ortga chekinishga ham majbur bo'ldi.
Endi UEFA bu vaziyatdan unumli foydalanib qolishi kerak, katta sahnaga chiqishi lozim. O'zi istayotgan narsani amalga oshirsin endi. Vaqt oz qolgan. Hamma narsa tezda tartibga solinishi shart.
Biroq UEFA ko'p gapiradi, uni hamma gaplarini ham eshitish shartmas. Rahbarlar murabbiy va futbolchilarning fikri bilan qiziqishi kerak. Keyin shunga ko'ra qaror chiqarilsa yaxshi bo'lardi.
Chunki oldinda hammani eng tig'iz taqvim kutyapti. Bu erda pulni birinchi o'ringa qo'ymaslik kerak», - deydi Kuman.
22-Aprel 2021,17:30
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0