«Manchester Siti» bosh murabbiyi, «PSJ» hujumchisi Neymarning o'yiniga qoyil qolganini bildirdi.
«Men "Santos"ga qarshi o'yinni eslayman, shunda barcha futbolchilar uning o'yinini ko'rib, hayratdan lol qolishgan edi.
Neymarni tomoshabin sifatida tomosha qilish quvonch keltiradi. Uning elkasida butun Braziliya bor va 10-raqam tushirilgam futbolkani kiyish oson emas.
Agar u klubda qolganida Neymar va "Barselona" yana 2-3 marta Chempionlar Ligasida g'olib bo'lishlariga amin edim», - deydi kataloniyalik mutaxassis.
Hujumchi 2017 yilda 222 million evro evaziga "Barselona"dan PSJga ko'chib o'tib, futbol tarixidagi eng qimmat o'yinchiga aylangan edi.
Eslatib o'tamiz, PSJ - «Manchester Siti» o'ratasidagi yarim finalning birinchi o'yini 28 aprel, chorshanba kuni Parijda bo'lib o'tadi.
27-Aprel 2021,21:20
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0