«Barselona» bosh murabbiyi Ronald Kuman «Manchester Siti»da ishlayotgan Pep Gvardiolaning PSJ hujumchisi Neymar haqida aytgan gaplariga izoh qoldirdi.
Gvardiola Chempionlar Ligasi 1/2 finali doirasida parijliklarga qarshi o'yindan oldin shunday degan edi: «Agar u jamoada qolganida, Neymar va »Barselona« EChLni yana 2-3 marta yutgab bo'lishardi».
«Jamoa tarkibida dunyoning eng yaxshi o'yinchilari bo'lishi har doim muhim ahamiyat kasb etgan. Neymar »Barselona«da o'ynagan davrida, klub katta cho'qqiga chiqdi. Hozir biz bor o'yinchilar bilan ishlayapmiz. Jamoamda ajoyib futbolchilar yig'ilgan.
Biz Ispaniya Kubogida zafar quchdik. Jamoangda jahonning zo'r futbolchisi bo'lsa ham, g'alaba qozonasan, deb aytish mumkin emas. Men uchun o'tmishning hech qanday ahamiyati yo'q», — dedi Kuman.
28-Aprel 2021,18:40
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0