«Atletiko» hujumchisi Luis Suares o'zining «Barcelona» jamoasidagi sobiq do'sti Lionel Messining kelajagi haqida taxmin qildi.
«Agar Messi mendan do'stim deb maslahat so'rasa, men uni «Barselona»dan boshqa joyda ko'rmayapman deb aytgan bo'lardim. Boshqa jamoaga o'tish unga foyda keltirmaydi, ammo u qarorni o'zi qabul qilishi kerak.
O'ylaymanki, u so'nggi uch, to'rt, besh yoki olti yilni jamoada o'tkazishi, u erda imkon qadar ko'proq xursand bo'lishi mumkin. «Barselona» unga hamma narsani berdi, u esa "Barselona"ga»,- deydi urugvaylik futbolchi.
Eslatib o'tamiz, 33 yoshli argentinalik yulduzning klub bilan amaldagi shartnomasi 2021 yil 30 iyunda tugaydi.
Futbolchiga bir qator top-klublar qiziqish bildirmoqda. Asosiy daʼvogar Messining yaqin do'sti Neymar to'p tepayotgan PSJ. Hujumchining o'zi kelajagi haqida faqat mavsum oxirida o'ylaydi.
Messi ushbu mavsum Kataloniya klubi bilan barcha musobaqalarda 42 uchrashuvda maydonga tushib, 33 gol va 14 assistni o'z nomiga rasmiylashtirib qo'ygan.
29-Aprel 2021,22:40