«San-Paulu» himoyachisi Dani Alves «Barselona»dagi sobiq jamoadoshi Lionel Messining kelajagi borasida fikr bildirdi.
«Messiga u «Barselona» o'yinchisi bo'lish uchun tug'ilganini bir necha bor aytdim, «Barsa» esa u uchun yaratilgan. Oldin u menga maslahat bergandi, shunday ekan men ham bu ishni qila olaman. U mendan «Barsa»da qolishim kerakligini aytgandi, chunki bundan boshqa yaxshi joy yo'q. U mendan «qaerda o'zingni baxtli his qilasan?» deb so'ragan va men qolgandim.
Endi shu suhbatni unga eslatdim. Chunki eng yaqin do'stim, menga «Barsa» eng yaxshi joy ekanligini aytgandi. U hali javob qaytargani yo'q. Ammo, «Barselona» qanday yaxshi joy ekanligini ketganingizdan keyin tushunasiz. Klubni tark etgan barcha o'yinchilar keyinchalik afsuslanishgan. Nima sababdan ketishga majbur bo'lishgan bo'lsa ham», — dedi Alves.
1-May 2021,18:30
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0