"Eurosport"ning yozishicha, 33 yoshli futbolchi maoshi qisqartirilgan yangi shartnoma imzolashga rozi bo'lgan. Bundan maqsad - "Barselona"da "Borussiya D" hujumchisi Erling Xolandni xarid qilish uchun qo'shimcha pul paydo bo'lishi.
"Barsa" prezidenti Joan Laporta Messiga klub 20 yoshli norvegiyalik bilan muzokaralarni boshlashga tayyorligini aytgan va argentinalikdan klub Xoland transferi uchun mablag' topishda yordam bo'lishi sabab maoshini kamaytirilishiga roziligini so'ragan. Messi esa rozi bo'lgan.
Jamoa sardori tomonidan bo'lgan bunday yurishga qaramay, Xolandning transferi haqiqatga yaqinlashishi uchun "Barselona" yana qo'shimcha mablag' topishi darkor. Hozir Laporta investitsiya fondi bilan muzokara olib bormoqda. "Barselona"dagilar Xoland bilan kelishuvga erisha olishlariga ishonishmoqda.
Kataloniyaliklar bosh murabbiyi Ronald Kuman uchun markaziy hujumda asosiy variant "Lion" forvardi Memfis Depay edi. Ammo, Laporta klubda faqat "Borussiya" hujumchisini ko'rmoqchi.
Joriy mavsum Messi LaLigada 31ta o'yin o'tkazdi va 26ta gol urib, 9ta golli pas berdi.
1-May 2021,18:45