O‘zbekiston - Qirg‘iziston 30:2 yoxud o‘zaro o‘yinlar tarixi va Qirg‘iziston terma jamoasi haqida
Qirg‘iziston terma jamoasi haqida siz bilgan va bilmagan ma’lumotlar.
Xabaringiz bor, 9 noyabr kuni O‘zbekiston terma jamoasi Qirg‘iziston terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi. Ushbu bellashuvdan oldin raqibimiz haqida ma’lumot berib o‘tamiz.
Qirg‘iziston futbol federatsiyasi 1994 yildan buyon OFK va FIFA a’zosi hisoblanadi va shu qatorda FATsA (O‘rta Osiyo futbol federatsiyasi) ni ham.
2014 yildan buyon terma jamoani rossiyalik mutaxassis Aleksandr Krestinin boshqarib kelmoqda.
Valeriy Kichin terma jamoaning asosiy sardori hisoblanadi. Jamoaning uy bellashuvlari 23 ming muxlisni o‘z bag‘riga sig‘dira oladigan Bishkekdagi "Spartak" stadionida o‘tkaziladi. Oktyabr oyining natijalariga ko‘ra, Qirg‘iziston FIFA reytingida 94-o‘rinni egallab turibdi. Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha mamlakatning bosh jamoasi 2018 yilning aprelida o‘z tarixidagi eng yuqori o‘rni 75-pog‘onani egallagan. Eng quyi o‘rni esa 2013 yilning mart oyiga to‘g‘ri keladi. Shunda Qirg‘iziston terma jamoasi 201-o‘rindan joy olgan.
Qirg‘iziston terma jamoasi biror marta jahon chempionatida ishtirok etmagan. Shu qatorda, 2018 yilgacha Osiyo chempionatida ham qatnashmagan edi, ammo 2019 yili o‘z tarixida ilk bor musobaqada qatnashish baxtiga muyassar bo‘ldi. Uzoq vaqt mobaynida jahon va Osiyoda kuchsiz jamoa bo‘lib kelgan, lekin so‘nggi 2-3 yil davomida Krestinin shogirdlari yuqori saviyada o‘ynab kelmoqda va Osiyoning o‘rtamiyona jamoalari qatoriga kirib oldi.
Qirg‘iziston tarixidagi eng yirik g‘alabasi 2019 yilning 10 oktyabr kuni kuzatildi. Ushbu sanada, Myanmaga qarshi Bishkekda kechgan uchrashuvda mezbonlar 7:0 hisobidagi g‘alabani tantana qilishdi. 1997 yilning 4 iyun kuni Suriyada Eron terma jamoasidan alamli 7:0 hisobidagi mag‘lubiyatni qabul qilib olgan qirg‘izistonliklarning o‘z tarixlaridagi eng yirik mag‘lubiyatlari hisoblanadi.
E’tiborli tomoni, mamlakatning bosh jamoasi 1992 yilning 23 avgust kuni debyut uchrashuvini Toshkentda O‘zbekiston terma jamoasiga qarshi o‘tkazgan va 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchragan. Ushbu yili terma jamoa umumiy 5 ta bahsni o‘tkazgan va ulardan 4 tasida yutqazgan bo‘lsa, yana bittasida g‘alaba qozongan.
1994 yili FIFA va OFK a’zosi sifatida ilk bor turnirda ishtirok etgan. 1994 yilning aprelida Toshkentda bo‘lib o‘tgan Mustaqillik kubogida so‘nggi 5-o‘rinni egallagan. Bitta durang (Qozog‘iston bilan) o‘ynagan va 3 ta mag‘lubiyat (O‘zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston) ga uchragan.
Qirg‘iziston terma jamoasi ilk bor Aleksandr Krestinin qo‘l ostida 2018 yili Rossiyada bo‘lib o‘tgan jahon chempionati doirasida 2015 yili o‘z uchrashuvlarini o‘tkazdi. Ikkinchi saralash bosqichida o‘z guruhida 5 ta jamoa orasida 3-o‘rinni egalladi. Ushbu guruhda Qirg‘izistonga Avstraliya, Iordaniya, Tojikiston va Bangladesh raqiblik qilishdi. 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan Krestinin shogirdlari 2019 yilgi Osiyo Kubogining so‘nggi saralash bosqichida qatnashish huquqini qo‘lga kiritishdi.
2016 yili terma jamoa 5 ta o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi. Filippinga qarshi 2 bor, Livan, Baxrayn va Turkmanistonga qarshi bir martadan. Ushbu bellashuvlarda bitta g‘alaba, 2 ta durang va yana 2 mag‘lubiyatni qayd etdi.
Qirg‘iziston terma jamoasi 2017 yilning mart oyidan 2018 yilning mart oyigacha Osiyo Kubogining so‘nggi saralash bosqichida ishtirok etdi. E’tiborli tomoni, mamlakatning bosh jamoasi o‘z guruhida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritib, o‘z tarixida ilk bor Osiyo Kubogida qatnashish huquqiga ega bo‘ldi.
Saralash bosqichida Makao, Myanma va Hindiston terma jamoalari raqiblik qilishgan edi.
2018 yili Osiyo Kubogiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida bir qator o‘rtoqlik o‘yinlari tashkil etildi.
Qur’a natijalariga ko‘ra Janubiy Koreya, Xitoy va Filippin Osiyo Kubogida Qirg‘iziston bilan bitta guruhdan joy egallashdi.
BAAda bo‘lib o‘tgan nufuzli musobaqa qirg‘izistonliklar uchun omadli boshlanmadi. Janubiy Koreya va Xitoy termalaridan uchralgan mag‘lubiyatdan keyin, Qirg‘iziston guruhning oxirgi turida Filippin terma jamoasini mag‘lub etdi va 3-o‘rinni egallab, pley-off yo‘llanmasiga ega bo‘ldi. 1/8 final bosqichida mezbon mamlakat BAA termasiga jiddiy qarshilik ko‘rsatgan bo‘lsada, Qirg‘iziston mag‘lubiyatga uchradi va turnirni tark etdi.Qirg‘izistonning eng printsipial raqibi sifatida Qozog‘iston terma jamoasi tilga olinadi. Ushbu ikki mamlakatning bosh jamoalari o‘zaro to‘qnash kelganida, muxlislar tomonidan "anshlag" kuzatiladi.
Bundan tashqari, mamlakatning janubiy-qo‘shnisi Tojikistonga qarshi kechadigan o‘yinlar ham doim e’tiborga sazovor hisoblanadi. Shu qatorda, O‘rta Osiyoning boshqa mamlakatlari (O‘zbekiston va Turkmaniston) ham printsipial raqib sanalishadi.
Terma jamoa tarkibida bir qator legioner futbolchilar to‘p surishadi. Deniel Tago Bangladeshning "Abaxani Chittagong" klubida to‘p sursa, Baxtiyar Duyshobekov Bangladeshning "Bashundxara Kingz" jamoasida faoliyat olib boradi. Terma jamoa sardori Valeriy Kichin Rossiyaning "Enisey" klubi a’zosi bo‘lsa, hujumchi Mirlan Murzaev Turkiyaning "Somaspor" jamoasida o‘ynaydi va yana bir forvard Vitaliy Lyuks Germaniyaning "Ulm 1846" klubi futbolchisi hisoblanadi.
O‘zaro o‘yinlar tarixiga nazar tashlasak, O‘zbekiston va Qirg‘iziston terma jamoalari o‘zaro 7 ta bahsni o‘tkazishgan va barchasida qirg‘izistonliklar mag‘lubiyat a’lamini tortishgan. To‘plar nisbatida ham sezilarli tafovutni ko‘rishimiz mumkin, 30-2 terma jamoamiz foydasiga.
1992 yili O‘rta Osiyo Kubogi doirasida avvaliga 3:0 va keyinchalik 6:2 hisobidagi g‘alaba O‘zbekiston tomonida bo‘lgan. 1994 yili Toshkentda bo‘lib o‘tgan turnirda ham ikkala terma jamoa o‘zar to‘qnash kelishgan va 3:0 hisobida Qirg‘iziston mag‘lubiyatga uchragan. Oradan 13 yil vaqt o‘tib, 2007 yili O‘zbekiston 6:0 hisobidagi g‘alabani tantana qilgan bo‘lsa, yana 2011 yili JCh saralashidan o‘rin olgan ikkita uchrashuvda 4:0 va 3:0 hisoblarida g‘alaba qo‘lga kiritilgan. 2017 yilning avgust oyida terma jamoalar yana qarama-qarshi kelishgan. Bu safar o‘rtoqlik maqomida kechgan uchrashuvda O‘zbekiston 5:0 hisobidagi yutuqni o‘z foydasiga hal etgan.
JCh-2022 saralash bosqichida Qirg‘iziston terma jamoasi Tojikiston, Myanma, Yaponiya va Mo‘g‘iliston termalari bilan bir guruhdan joy olgan. Ushbu bosqichda ilk uchrashuvni Tojikistonga qarshi o‘tkazib, 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchragan bo‘lishsa, Myanmani 7:0 va Mo‘g‘ilistonni 2:1 hisobida dog‘da qoldirishdi.
14 va 19 noyabr kunlari JCh-2022 saralash bosqichidan o‘rin olgan 2 ta uchrashuvni Bishkekda o‘tkazishadi. Avvaliga, Yaponiya raqiblik qiladi va keyingi sanada Tojikistonga qarshi bahs olib borishadi.
Stephan_El_Shaarawy
8-Noyabr 2019,02:09
8-Noyabr 2019,02:09
O'xshash yangiliklar
Izoh qoldirish
Bo'limlar
Muloqot (288/+0)
Yangiliklar (30184/+25)
UzFIFA Yangiliklari (22.11.2024)
Futbol TV Yangiliklari (22.11.2024)
ONLINE TV (47) LIVE
Forum (20 / 165)
So'ngi izohlar (9690/ +0)
Futbolchilar haqida (22)
Futbolchilar rasmlari (601)new
Hafta faollarii TOP-30
La-Liga to'purarlar TOP-30
Foydalanuvchilar (1660 / +1)
Eng ko'p o'qilgan
17-Noyabr
10:10
15-Noyabr
13:42
09:20
FC BARCELONA O'YINLARI
Futbolchilar hayotidan (Instagram)