"Barselona" bosh murabbiyi Ronald Kuman Kataloniya klubidagi kelajagi haqida gapirdi.
"Barselona" prezidenti menga birinchi kundanoq ishonch bildirdi. Kelajagimdan xavotirda emasman. Shartnomam hanuzgacha bir yil davomida amal qiladi, shu sababli kelasi mavsumda o'zimni "Barselona" bosh murabbiyi pozitsiyasida ko'raman. Shartnoma tugagach, biz Prezident bilan suhbatlashamiz. Ammo hozir eng muhimi - mavsum tugashi. Iste'fo haqidagi gaplar barcha murabbiylar atrofida paydo bo'ladi. OAV nima yozayotganini nazorat qila olmayman", - deydi Kuman.
Kuman boshchiligida "Barselona" Ispaniya Kubogini yutdi, ammo Chempionlar Ligasining 1/8 finalidan chiqib ketdi. Ispaniya chempionatida Kataloniya klubi mavsum tugashiga uch tur qolganida uchinchi o'rinni egallab turibdi.
10-May 2021,03:50