«Barselona»ning sobiq futbolchisi Xavi Qatarning «Al-Sadd» jamoasini boshqarishda davom etadi.
41 yoshli mutaxassis shartnomasini 2023 yilgacha uzaytirdi.
«Men «Al-Sadda» faoliyatimni davom ettirayotganimdan faxrlanaman. Biz birgalikda ko'p narsalarga erishdik, gollar urdik, uchrashuvlarda va kuboklarda g'alaba qozondik va barchamiz bu muvaffaqiyatlardan juda xursandmiz.
Bunday qo'llab-quvvatlashdan har qanday murabbiy mamnun bo'lgan bo'lar edi. Shartnomadagi istalgan vaqtda ketishimga imkon beradigan band haqidagi gaplar shunchaki mish-mish.
Mening «Al-Sadd» bilan ikki mavsumga shartnomam bor va men kelishuvni hamda tomonlarning bitimga doir barcha rasmiy muzokara usullarini hurmat qilaman», - dedi murabbiy.
Ma'lumot o'rnida, Xavi «Al-Sadd» bosh murabbiyligi lavozimini 2019 yil may oyida egallagan. Uning rahbarligida klub Qatar chempioniga aylandi.
Shuningdek, ikki marta Qatar valiahd shahzodasi kubogini qo'lga kiritdi. Bundan tashqari, Shayx Yassim kubogi, Qatar yulduzlari kubogi va Qatar amiri kuboklariga ega chiqdi.
13-May 2021,16:40