Argentina terma jamoasi murabbiylar shtabi JCh—2022 saralashi doirasida Chili va Kolumbiyaga qarshi o'tadigan o'yinlar uchun kengaytirilgan tarkibni e'lon qildi.
Undan 30 nafar futbolchi joy oldi. Argentina 4 iyun kuni o'z maydonida Chilini qabul qilsa, 9 iyunda Kolumbiya maydonida mehmon bo'ladi.
Darvozabonlar: Agustin Markezin («Portu»), Xuan Musso («Udineze»), Emiliano Martines («Aston Villa»);
Himoyachilar: Markos Akunya («Sevilya»), Lisandro Martines («Ayaks»), Nauel Molina («Udineze»), Kristian Romero («Atalanta»), Xuan Foyt («Vilyarreal»), Nikolas Otamendi («Benfika»), Luis Palomino («Atalanta»), Xerman Petsselya («Fiorentina»), Nikolas Talyafiko («Ayaks»);
Yarimhimoyachilar: Lukas Martines («Fiorentina»), Emuliano Buendia («Norvich»), Anxel Korrea («Atletiko»), Xoakin Korrea («Latsio»), Rodrigo de Paul («Udineze»), Gvido Rodriges («Betis»), Nikolas Dominges («Bolonya»), Lukas Okampos («Sevilya»), Alexandro Gomes («Sevilya»), Esekiel Palasios («Baer»), Nikolas Gonsales («Shtutgart»), Jovanni Lo Chelso («Tottenhem»), Leandro Paredes («PSJ»);
Hujumchilar: Lautaro Martines («Inter»), Serxio Aguero («Manchester Siti»), Lukas Alario («Baer»), Lionel Messi («Barselona»), Anxel di Mariya («PSJ»).
17-May 2021,17:40
O'qildi: 56 - Fikirlar: 0