
«Barselona»ning 28 yoshli hujumchisi Markus Reshford jamoa mashg'ulotlaridan so'ng yangilangan «Kamp Nou» haqidagi taassurotlari bilan bo'lishdi. Forvardning ta'kidlashicha, stadion juda go'zal ko'rinishga ega.«Stadion ajoyib ko'rinishiga ega. U muxlislar bilan to'lganda, atmosfera haqiqatan ham o'ziga xos bo'ladi. "Kamp Nou" men har doim o'ynashni orzu qilgan arenalardan biri edi, endilikda esa menda buni "Barselona" libosida amalga oshirish imkoniyati bor. Maydonga chiqishni sabrsizlik bilan kutyapman — bu unutilmas lahza bo'ladi», — dedi Reshford.«Barselona»ning uy stadionini rekonstruktsiya qilish ishlari 2023 yil iyunida boshlangan edi. Yangilanishdan so'ng arenaning sig'imi 99 mingdan 105 ming tomoshabingacha oshadi. Jamoaning stadionga qaytishi bir necha bor kechiktirilgan.
O'qildi: 62757 - Fikirlar: 0
O'qildi: 45575 - Fikirlar: 0
O'qildi: 23542 - Fikirlar: 0





300