«Barcelona» Usman Dembelening kelajagiga imkon qadar tezroq oydinlik kiritish niyatida.
2022 yil yozida klub bilan amaldagi shartnomasi tugaydigan frantsuz yangi kelishuv bo'yicha muzokaralarni boshlashga shoshilmayapti. Shu sababli, Kataloniya klubi Dembelening oldiga ultimatum qo'ydi: u «Barsa» tomonidan qo'yilgan shartlarga rozi bo'lishi yoki shartnomaga imzo chekmasligini e'lon qilishi kerak. Bunday holatda, Barsa uni ushbu transfer oynasida sotib yuboradi.
"Ko'k-anorranglilar" Dembele Barsada qurilayotgan sport loyihasi uchun muhim o'yinchiga aylanishi mumkin deb hisoblaydi. Ammo, klub futbolchining moliyaviy talablari juda yuqori bo'lishidan qo'rqmoqda, deya xabar beradi "Diario Sport" nashri.
O'tgan mavsumda frantsuz La Ligada 30ta o'yin o'tkazib, 6ta gol urdi va 3ta golli uzatma amalga oshirdi.
9-Iyun 2021,14:40
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0