Rasmiy xabar: “Barselona” o'tgan yil sotib olgan futbolchisi bilan bitimni bekor qildi
2020 yil yanvarida Mateus Fernandes “Valyadolid”dan 7 mln evro evaziga “Barsa”ga transfer qilingandi.
Kataloniyaliklar u bilan shartnomani 2025 yil yozigacha tuzgandi, ammo rahbariyat muddatidan oldin futbolchi bilan kelishuvni bekor qilishga qaror qildi.
22 yoshli xavbek asosiy jamoada atigi bitta uchrashuvda maydonga tushdi.