«Men barcha futbolchilar bilan suhbatlashdim, ularni terma jamoaga jalb qilish imkoniyatlarini muhokama qildim va hamma Olimpiya o'yinlarida ishtirok etishni orzu qilishlarini ta'kidladilar», dedi Ispaniya yoshlar terma jamoasi murabbiyi Luis de la Fuente. Bu haqda "Cadena Ser" nashri ma'lum qilmoqda.
Xabarlarga ko'ra, "Barselona" Ispaniya futbol federaciyasidan 18 yoshli futbolchini Olimpiadadan ozod qilishni so'ramoqchi. De la Fuente esa bu borada boshqacha fikrda.
»Ishonchim komilki, "Barselona" Pedrini Olimpiadada ishtirok etishni taqiqlamaydi, biz ahmoq emasmiz, tavakkal qilmaymiz«, - deya qo'shimcha qildi mutaxassis.
Pedri o'tgan mavsumda "ko'k-anorranglilar" safida 52 o'yin o'tkazdi. Yarim himoyachi shu kungacha Ispaniyaning Evrodagi 4 ta o'yinida ham ishtirok etdi.
2-Iyul 2021,16:20