«Barselona»ning daniyalik hujumchisi Martin Breytueyt jamoasini o'zgartirishi mumkin. Bu haqda «Sport.es» xabar berdi.
Kataloniyaliklar yozgi transfer oynasida futbolchini sotishni rejalashtirgan. Futbolchi rahbariyatning ushbu qaroriga rozilik bildirgan. Memfis Depay va Kun Aguero jamoaga kelib qo'shilishi sababli Breytueyt asosiy tarkibdagi o'rni so'roq ostida qolishini biladi.
«Barselona» futbolchini 15 million evroga baholamoqda. Futbolchiga Angliya Premer ligasining uch klubi — «Norvich», «Brayton» va «Vest Xem» qiziqish bildirmoqda. Shuningdek, futbolchiga Ispaniyaning «Valensiya» klubidan ham taklif mavjud.
Eslatib o'tamiz, Martin 2020/21 yilgi mavsumda «Barselona» safida 29 ta o'yinda maydonda harakat qilib 2 ta gol va golli uzatma muallifi bo'lgan.
15-Iyul 2021,23:30