La Liga prezidenti Xaver Tebas Evropa Superligasi loyihasining bir nechta qismlarini qo'llab-quvvatlashini bildirdi.
«Men menejment va tashkiliy ishlar borasida Superliga bilan birdamman. Bu haqda «Real» bilan ham, «Barselona» bilan ham gaplashib olganman. Qaror qabul qilishda boshqa klublar ko'proq o'ylab ko'rishini istayman.
Bu erda Superliga ham o'z navbatida klublarga ba'zi masalalarda yon berishi kerak. Masalan, televizion huquqlar bilan bog'liq masalalarni oltitadan tashkilotlar guruhi hal qiladi, ulardan beshtasi esa bevosita klublarga tegishli. Buni biroz o'zgartirish talab etiladi.
Albatta, klublar futbolning yuragi. Ammo men top-klublar manfaatlarini himoya qilaman: «Biz bu erda mas'ulmiz, mayda klublarning UEFAga tiyinchalik foydasi tegmaydi», —deydi Tebas.
Bu borada UEFA chora ko'rishi kerak, men bu haqda Ceferinga aytdim », - dedi Tebas Marca nashriga bergan intervyusida.
16-Iyul 2021,11:10