«Barselona» rahbariyati maoshlarini kamaytirish uchun to'rt futbolchi bilan muzokara olib bormoqda.
«Sport.es» nashri xabariga ko'ra, Kataloniya klubi rahbarlari Jerar Pike, Serxio Buskets, Xordi Alba va Serji Robertoning maoshlarini kamaytirmoqchi.
To'lovlarni 40 foizga qisqartirish bo'yicha birinchi taklif ushbu futbolchilar tomonidan rad etilgan.
Endi «Barsa» Pike, Buskets, Alba va Roberto bilan ish haqini bosqichma-bosqich qisqartirish bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha muzokaralar olib bormoqda. Ushbu parametr futbolchilarga mavjud shartnomalar bo'yicha talab qilinadigan barcha pullarni uzoqroq muddatlarda olishlariga imkon beradi. «Ko'k-anorranglilar» sardori Lionel Messi allaqachon shunga o'xshash sxemaga rozi bo'lgan.Yakuniy qaror yaqin kunlarda ma'lum qilinadi.
17-Iyul 2021,17:10