«Barcelona» prezidenti Joan Laporta jamoa forvardi Antuan Grizmanning kelajagi haqida gapirdi.
«Grizmann - "Barselona" futbolchisi, ammo so'nggi haftalarda transfer bozorida biroz faollik bo'lganini inkor etib bo'lmaydi. Klublar unga qiziqish bildirmoqda, chunki u jahon darajasidagi o'yinchi.
Bozor deyarli qimirlamadi. Klublar muayyan qiyinchiliklarni boshdan kechirmoqda. Grizmannga qiziqish bor va biz moliyaviy holatni inobatga olib, jamoani tuzmoqdamiz. Bizda Antuan bilan hech qanday muammo yo'q. Undan mamnunmiz, ammo shu bilan birga barcha takliflarga ochiqmiz, chunki hozir nozik bir daqiqani boshdan kechirmoqdamiz va feyr-pley qoidalariga amal qilishimiz kerak. Biz jamoaga zarar keltirmaydigan barcha variantlarni ko'rib chiqishga tayyormiz », - dedi Laporta.
23-Iyul 2021,14:50