La Liga prezidenti Xaver Tebas «Barselona» hujumchisi Lionel Messi haqida gapirdi.
Uning fikriga ko'ra, Ispaniya chempionatining iqtisodiy qoidalari bitta futbolchi uchun o'zgartirilmaydi. Ammo, Tebasning yozishicha, «Barsa» argentinalik bilan yangi shartnoma imzolashda muvaffaqiyat qozonishga yaqin turibdi.
«Hammasi «Barselona»ning o'ziga bog'liq. Ular iqtisodiy nazorat qoidalarini juda yaxshi bilishadi va bu holatda ortiqcha istisno yo'q.
Qoidalarni o'zgartirish uchun ma'lum bir shartlar bo'lishi kerak va bugungi kunga kelib hech narsani o'zgartirish rejalashtirilmagan. «Barselona» menga kimnidir sotish yoki kimningdir maoshini qisqartirishga umid qilayotganligini aytdi, lekin Messini La Ligada ushlab turish uchun qoidalar o'zgarmaydi.
Men to'g'ridan -to'g'ri ma'lumotga ega bo'lgan Laportga ishonaman. Agar u ishlar yaxshi ketayotganini aytsa, ortiqcha qarorlar tayoerlashim shart emas. Messining La Ligada o'ynashi barchamiz uchun katta yutuq», deydi Tebas.
31-Iyul 2021,15:30
O'qildi: 49 - Fikirlar: 0