Leo Messi yaqin 5 yil ichida Barselonadagi yangi shartnomasi bo'yicha qariyb 200 million evro atrofida ishlab topgan (soliq imtiyozlari bundan mustasno), deb xabar beradi Onda Cero nashri.
Bu shuni anglatadiki, Leo "Barsa"da yiliga taxminan 40 million evro atrofida maosh olgan. Avvalroq, bir nechta manbalardan argentinalik klub bilan yangi shartnoma imzolash uchun uning maoshini 50 foizga kamaytirishi haqida xabar berilgandi. Messining oldingi shartnomasi tugashidan oldin uning maoshi yiliga 71 million evroni tashkil qilgan. Demak, yangi shartnoma bo'yicha, Leo yiliga taxminan 35 million evro atrofida pul ishlab topishi mumkin. Onda Cero nashrining xabar berishicha, 34 yoshli futbolchining yana 2 yilini "Barsa"da o'tkazishi aniq, ammo 2023 yilda Messi faoliyatini davom ettira oladimi yoki yo'qligini o'zi hal qiladi. "Barselona" 8 avgust kuni Joan Gamper kubogi uchrashuvidan oldin Messi bilan yangi shartnomasi haqida e'lon qilishga umid qilmoqda.
4-Avgust 2021,13:50
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0