"Barselona" himoyachisi Jerar Pike "Barselona"dan ketgan Lionel Messiga ta'sirli maktub yozdi.
"Hech narsa avvalgidek bo'lmaydi. Na Kamp Nou, na Barselona shahri, na o'zimiz. Klubda yigirma yildan ko'proq vaqt o'tgach, endi sen "Barsa" liboslarini kiymaysan. Haqiqat ba'zida juda achchiq bo'ladi.
Biz 2000 yilda uchrashganmiz, biz 13 yoshda edik va oldinda butun martaba bor edi. Qanday martaba! Agar men o'zimning kareramga qarasam, bundan yaxshirog'ini topib bo'lmaydi!
"Barselona"ga qaytganimdan keyingi birinchi mavsumimda biz treblni qo'lga kiritdik va sen barcha davrlarning eng yaxshi futbolchisi bo'lding. Rosariodan Rim osmonigacha. Bu erda afsonaning hikoyasi boshlandi. Va biz juda yaxshi vaqt o'tkazdik!
Endi sen ketyapsan, lekin bilaman, bir kun qaytasan. Hali ham tugallanmagan ishlar bor. Xursand bo'l, qaerga borsang ham zavqlan va g'alaba qozonishda davom et, chunki buni qanday qilishni faqat sen bilasan. Biz seni bu erda sog'inamiz. Men seni yaxshi ko'raman, Leo", - deb yozdi Pike o'z tvitterida.
6-Avgust 2021,01:30