"Barselona" himoyachisi Jordi Alba maoshni qisqartirishga rozi emasligi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi.
"Matbuot mening maoshim haqida anchadan buyon yozmoqda. Klub menga faqat ikki yoki uch hafta oldin maoshni qisqartirish taklifi bilan murojaat qildi. Men har doim o'z jamoamga yordam berishni xohlaganman. Hech kim shubhalanmasin, men "Barselona"ga eng yaxshi tilaklarimni tilayman va butun jamoam taqdirini qo'llab-quvvatlayman.
Yolg'onni eshitish menga og'riq keltiradi. Bu klub menga ko'p narsani, deyarli hamma narsani berdi. Men haqimda nima deyilganini nazorat qila olmayman. Odamlar gazeta o'qiydilar, radio tinglaydilar. Men har doim to'g'ridan-to'g'ri gapiraman. Men "Barselona"ni yaxshi ko'raman, chunki men shu erda o'sganman", - deydi Alba .
16-Avgust 2021,10:10