Hujumchi Martin Breytueyt «Barselona»ning ung nisbatan munosabatidan norozi.
Daniyalik futbolchi klub uni sotishni xohlayotganini his qilmoqda. Shunday bo'lsada, uning e'tirozi bosh murabbiy Kumanga emas.
Shunga qaramay, 30 yoshli futbolchi "ko'k-anorranglilar" safida faoliyatini davom ettirishga tayyor, ammo yangi shartnoma imzolangan taqdirda, deya xabar bermoqda "Mundo Deportivo" nashri. Futbolchi o'zini katta maoshga loyiq deb hisoblaydi. Chunki, ayni damda u asosiy tarkib o'yinchisi hisoblanadi.
Agar, yangi shartnoma shartlari ko'rib chiqilmasa, u klub bilan amaldagi kelishuvni bekor qilmoqchi.
Eslatib o'tamiz, La Liga ilk turidan o'rin olgan "Real Sosedad"ga qarshi bahsda Breytueyt ikkita gol urdi va bitta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.
17-Avgust 2021,17:40