«Barselona» bosh murabbiyi Ronald Kuman Ispaniya chempionatining 2-turi doirasida bo'lib o'tgan «Atletik» klubiga qarshi o'yin (1:1) borasida o'z fikrini bildirib o'tdi.«Bu ko'p jihatdan ajoyib o'yin bo'ldi. O'ylashimcha, o'yin boshidayoq o'z ishimizni qiyinlashtirib qo'ydik, raqib bizga bosim o'tkazdi. Qachon qisqa paslardan foydalanish kerakligi, bunda qachon darvozabonni ham ishga solish zarurligini bilish kerak.Dastlabki 15 daqiqalikda bizga xotirjamlik etishmadi. Keyin esa gol urdik, ammo u bekor qilindi. U erda qoidabuzarlik bormidi yoki yo'qmidi, bilmadim. Yakuniy natijani qabul qildik.Ishga bo'lgan munosabatimizni ta'kidlash lozim, ayniqsa, hisobda ortda borayotgan paytda. Nazarimda, durang adolatdan bo'ldi. G'alaba qozonish uchun imkoniyatlarga ega bo'ldik, ammo «Atletik» juda yaxshi saviyada o'ynadi. Ha, bunday maydonda o'ynash emas. Ammo men natijadan qoniqish hosil qilmadim», — dedi Kuman.
22-Avgust 2021,09:00
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0