Kecha yozgi transferlar oynasining bu yilgi soni yakuniga etdi. Mazkur oynaning oxirgi kunida amalga oshirilgan transferlar haqida ma'lumot berib o'tamiz.
Antuan Grizmann. Frantsiyalik forvard «Barselona»dan «Atletiko»ga bir mavsumga ijara uchun berildi. Shartnomada futbolchini 40 mln evroga sotib olish huquqini ham ko'rish mumkin. 2 yil oldin kataloniyaliklar a'zosiga aylangan Grizmann yana o'zining qadrdon Madrid klubiga yo'l olmoqda. Messisiz zaiflashgan «Barselona» hujum chizig'i yana bir tajribali yulduz futbolchisini yo'qotdi.
O'z navbatida mazkur chiziqni to'ldirish uchun «Sevilya» hujumchisi Lyuk de Yong bir mavsumga ijaraga olindi.
«Chelsi» markaziy yarim himoya chizig'ini Diego Simeonening ko'p yillik shogirdi Saul Niges bilan kuchaytirishga muvaffaq bo'ldi. Londonliklar ispaniyalik xavbekni 5 mln evro evaziga bir mavsum uchun ijaraga olishdi. Tasavvur qilyapsizmi: Kante, Jorjinyo, Kovachich, Saul, Maunt, Ziesh. «Aristokratlar» ushbu chizig'i bilan istalgan klub bilan raqobatlasha oladi.
«Renn» yarim himoyachisi Eduar Kamavinga 31 mln evro evaziga «Real» bilan 2027 yilga qadar shartnoma imzoladi. Frantsiyalik iqtidor egasining oldida MYu va PSJ variantlari ham bor edi. Ammo, u "Qirollik klubi"da faoliyatini davom ettirishni tanladi.
Amalga oshmay qolgan transferlar
Kilian Mbappe PSJdan «Real»ga yo'l olishi kutilgan edi. Lekin, futbolchining o'zi ushbu transferni istagan bo'lsa ham, Parij klubi rahbariyati bir necha takliflarni ko'rib chiqdi hamda «Real»ning barcha takliflarini rad etdi. Shu o'rinda, parijliklar Mbappega yiliga 45 mln evro maosh bilan 2024 yilga qadar shartnoma ham taklif qildi. Ammo, Kilian ushbu taklifni ham rad etdi. Bu ketishda, 22 yoshli hujumchi kelasi yilda erkin agent sifatida «Real»ga yo'l olishi mumkin.
Erling Xoland
"Borussiya Dortmund" forvardi Erling Xolandga PSJ va «Chelsi» jamoalaridan jiddiy qiziqish bo'lganiga qaramay, norvegiyalik yangi mavsumni dortmundliklar safida davom ettiradigan bo'ldi.
Xarri Keyn "Manchester Siti"ning asosiy maqsadi bo'ldi. Biroq, ushbu yozgi transferlar oynasida «Tottenhem» 28 yoshli futbolchisini qo'yib yubormadi. Natijada, bir necha kun «shporlar» mashg'ulotlarida ko'rinish bermagan Keyn endilikda yana jamoaning etakchisi sifatida «Tottenhem» sharafini himoya qiladi.
1-Sentyabr 2021,15:40
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0