Hozir Ispaniya murabbiylik maktabi futbol olamida etakchilik qilmoqda.
Bu sohada inglizlarda maqtanishga arziydigan jihatlar qolmadi. Peysli, Basbi, Remzi va Klaflar Chepmen evropaliklar bilan «dubl-ve» usulini kashf etganidan keyin hukmronlik qilishdi. Endi ularning davri allaqachon o'tmishga aylandi. Braziliyalik futbolchilar ham mahorat bobida vatandosh murabbiylardan o'zib ketishdi. Pele, Ronaldino va Ronaldolar bilan tenglasha oladigan murabbiylar yo'q. Nemislar ajoyib maktabni yaratishdi, ammo ulardan saboq olish osonmas. Xittsfeld, Xaynkes va Lyovlarda muallimlik siyog'i yo'q. Faqat Klopp ulardan yaqqol ajralib turadi, chunki uning «gegenpressing»ini o'zlashtirish mumkin.
Taktika xususida gap ketganda, kalchoni tilga olmaslikning iloji yo'q. Sakki - buyuk. Trappattoni, Anchelotti, Lippi va Kapellolar - o'ta yuksak malaka sohiblari. Lekin Spalletti, Inzagi va Manchinilar daho emasliklari aniq. Italiya maktabi bilan paralel ravishda Argentina futbol akademiyasi ham gurkirab rivojlandi, futbolga sezilarli ta'sir o'tkazdi. Lekin ularda shaxslar muhim o'rin tutadi. Menotti va Bilardo - turli uslubdagi murabbiylar. Simeone, Skaloni, Galyardo va Belsa ham yorqin faoliyat sohiblari.
Frantsuz murabbiylik maktabi Venger va Zidan kabi malakali murabbiylarni, Jake va Deshamdek jahon va Evropa chempionlarini hadya etdi. Biroq bu boshqalar uchun maktab bo'la olmaydi. Niderlandiyaliklar ko'p narsalarni Mixels tufayli o'rgandilar. Kroyff ham buyuk murabbiy edi, ammo qolgan umrini kasbiga bag'ishlashni istamadi. Faqat De Bur va Kumanni hatto Advokat bilan yonma,yon qo'yib bo'lmaydi. Van Gal va Xiddink haqida gapirishning hojati yo'q. Yangi «Oltin era»da ham o'sish sezilmayapti.
Nihoyat, navbat Ispaniya murabbiylik maktabiga keldi. Shu paytgacha u eng yorqin bilim maskani bo'lgan emasdi. U Errera, Mixels va Mourino kabi xorijiy mutaxassislarni mamnuniyat bilan kutib olgan va samimiy munosabatda bo'lgan. Biroq yangi asrda EChL sovrinlari aynan ispaniyalik Del Boske, Benites, Enrike va Gvardiolalarga nasib etdi. Aragones va Del Boskelar Ispaniya bilan g'oliblikka erishdilar. Biroq faqat bir kishi mukammal maktabni yaratishga muvaffaq bo'ldi. Xosepning izdoshlari tobora ko'payib bormoqda.
Shogirdlar ko'pincha ustozlaridan zaifroqlar
Murabbiylik ixtisosida aynan shunday. Mourinoni Robsonning shogirdi ekanligi tushunarli. Demak, shogird ustozdan o'zib ketdi, desak, lof bo'lmaydi. Lekin Jozening izdoshlari ancha ortda qolib ketishdi. Andre Villash-Boash Mourning mahoratidan lol qolganligini e'tirof etgandi. Hozir «Zenit»ning sobiq murabbiyi bir necha yildan beri ishsiz yuribdi. Uni Portugaliya terma jamoasiga jalb etishmadi, Martinesni afzal ko'rishdi, «Napoli»ga ham chaqirishmadi, Garsiyani chorlashdi.
Ruy Fariadan malakali murabbiy chiqmadi, Rojers «Lester»ni elitada saqlab qola olmadi. Stiv Klark Shotlandiyani muvaffaqiyatli boshqarmoqda, lekin Evroda Xoland va ispanlar to'sig'idan o'ta olish-olmasligini vaqt ko'rsatadi. Xabi Alonsoni Mouning shogirdi deyish o'rinli emas, chunki u Gvardiolaning g'oyalarini chuqur o'zlashtirgan. Jozening eng malakali shogirdi maqomi taajjubki, Yulian Nagelsmannda.
Germaniyalik mutaxassis portugaliyalik kasbdoshi bilan shaxsan hamkorlik qilgan emas, ammo o'z uslubini shakllantirishida Mouning usullari qo'l kelganligini e'tirof etgan. Kroyff va Belsadan ta'lim olgan Gvardiolaning bevosita izdoshlari ko'p. Mareska «Lester»ni qutqarishga otlandi, Arteta APL toji uchun kurashda ustozini ancha qiynab qo'ydi, Kompani «Byornli»ni elitaga olib chiqdi. endi u sobiq ustozi bilan uchrashadi. Erik ten Xagni ham unutganimiz yo'q. U Xosep bilan «Bavariya»da hamkorlik qilgan. Xavi ham «Gvardiola akademiyasi» tarbiyalanuvchisi. Ted Lasso va Xabi Alonso kabi ko'plab murabbiylar faoliyatida kataloniyalik mutaxassis muhim o'rin tutadi. Gvardiola 2 yildan keyin «Manchester Siti»ni tark etishi mumkin. Ya'ni, JCh-2030 turniri arafasida qaysidir terma jamoani qabul qilishidan avval bir oz tanaffus olishni rejalashtirgan. Shayxlar Gvardioladan o'z o'rniga munosib o'rinbosar tanlab berishini iltimos qilishlari aniq. Shunda Pep o'z shogirdlaridan birini tavsiya etishi mumkin.
Buyuk murabbiyni topish buyuk futbolchini topishdan qiyinroq
Uzoqqa borishning hojati yo'q. Rossiya murabbiylik maktabi chuqur inqiroz holatida. Chegaralar ochiq bo'lishiga qaramasdan, 30 yil ichida birorta murabbiy xorijiy klub bilan ELda g'olib chiqishga urinib ko'rmadi. Gazzaev «MYu»ga yo'l olmadi, Slutskiy va Karpin urinib ko'rishdiyu, ishlari yurishmadi. Murabbiylar futbolchilarga nisbatan bir necha baravarga kam.
Sergey Bogdanovich Frantsiya yoki Ispaniyaga ish axtarib bormaydi, «Spartak» va «Dinamo»ga esa navqiron xorijlik murabbiy keladi. Hatto o'z an'analariga ega badavlat Angliyada ham britaniyalik buyuk murabbiy yo'q, «Uch sherlar»ni Evro-2020 finaliga olib chiqqan Sautgeyt ham buyuklarga tenglasha olmaydi. APLning murabbiylik saviyasini Klopp, De Zerbi, Arteta va Gvardiolalar oshirmoqdalar.
Xorijliklardan ilhom olgan murabbiy paydo bo'lishi mumkinmi? Ular endigina 30dan o'tishgan, nomdor klublarda ishlashga tayyor emaslar. Misol uchun Anrini olaylik. U frantsiyalik buyuk mutaxassislar bilan ishlagan, Gvardiola jamoasida mashq qilgan, intellekti o'rtachadan yuqori, futbolni yaxshi tushunadi. Ammo ayni pallada malakasiz murabbiy.
Lekin o'zining metodik uslublarini boshqalar bilan o'rtoqlashishga shay bo'lgan Gvardiola bor. Xosep futbol olamiga kuchli ta'sir o'tkazmoqda. Biron-bir jamoa uning «Siti»si kabi bosim o'tkaza olmaydi. Biroq laterallarning xavbeklar bilan pozitsiya almashtirishlari, dispetcherlarning qanotlar bilan hamkorliklari va Pepning insaydlar orqali pressingga ta'siridan istagancha zavqlanish, ilhomlanish mumkin. Gvardiola futbolga zamonaviylik va yorqinlik baxsh etmoqda. Faqat bir narsada, aynan futboldagi qo'rqoqlik, yuraksizlikda ayblashning umuman, iloji yo'q. Gvardiola o'z kasbdoshlariga ulkan ta'sir ko'rsatdi. Yuqorida zikr etilganlardan tashqari, Maskerano murabbiylik kasbini egallashga urinib ko'radi. «Bavariya» afsonalaridan biri tez orada maydon chetida paydo bo'lsa, ajablanmaymiz. Vaqti kelib kamtarin Ibragimovich ham murabbiylikni tanlashi va Gvardiola uslubida faoliyat boshlashiga ham, albatta. Hozircha, diqqat markazida turganlarning ko'pchiligi ispanlar. Mashhur «Tiki-taka» tizimidan etishib chiqqan Xavi, Arteta, Alonso va hatto Luis Enrike ham yangi cho'qqilarni zabt etishga tayyorlar.
MUHAMMADSODIQ tayyorladi
11-Iyul 2023,21:40