"Barselona" himoyachisi Samuel Umtiti yozda klub prezidenti Joan Laporta bilan uchrashdi, deb xabar beradi Mundo Deportivo nashri. Manbaga ko'ra, frantsuz futbolchisi kataloniyaliklar bosh murabbiyi Ronald Kuman rejalariga kiritilmaganiga qaramay, yozda "Barselona"dan ketishni istamagan. O'z pozitsiyasini mustahkamlash, shuningdek, vaziyatga oydinlik kiritish uchun Umtiti avgust oyi o'rtalarida Laporta bilan uchrashishni so'radi. Uchrashuvda Laportadan tashqari "Barselona" vitse-prezidenti Rafa Yuste va futbol direktori Mateu Alemani ishtirok etishdi.Umtiti jamoadagi raqobatni yuqori darajada ushlab turishga qodirligini ta'kidladi va JCh-2018dan keyin o'yini pasayishiga klub tibbiy xodimlarining tizzasidagi jarohatni yaxshi davolay olmaganligi bilan izohlandi. Shundan so'ng, Laporta Umtitini qo'llab-quvvatlashini bildirdi. Keyin Umtiti yig'lab, Kataloniya klubi boshlig'ini quchoqlab oldi. Uchrashuvdan so'ng Laporta Kuman bilan Umtitining jamoadagi o'rni haqida gaplashishga va'da berdi.
4-Sentyabr 2021,16:40