Ispaniya va "Leyptsig" yarimhimoyachisi Daniel Olmo "Barselona"ning asosiy transfer maqsadiga aylandi."Barselona" avgust oyining oxirgi kunida 23 yoshli Dani Olmo bilan shartnoma imzolashga urinib ko'rdi, ammo urinish muvaffaqiyatsiz yakunlandi. Yozda futbolchi "Barselona" bilan 5 yillik shartnoma shartlarini kelishib oldi va bolalik klubiga qaytish istagini bildirdi."Barselona" sport ma'muriyati "Leyptsig" bilan ham, futbolchi bilan ham qishda muzokaralarni boshlaydi. Birinchi uchrashuv allaqachon rejalashtirilgan bo'lib, unda tomonlar Olmoning 2022 yilda Ispaniya jamoasida o'ynashiga rozi bo'lishga harakat qilishadi. Nemis klubi qishda muhim futbolchilarni qo'yib yuborishga qarshi emas, lekin barchasi Germaniya Bundesligasi va Chempionlar Ligasidagi o'yinlariga bog'liq.O'tgan mavsumda Olmo "Leyptsig" tarkibida 46 o'yin o'tkazdi va 7 gol urdi. Ispaniya terma jamoasi safida futbolchi Evro-2020da o'ynadi va yarim finalga chiqdi.
5-Sentyabr 2021,10:20
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0